Vladimir Putinning RF prezidenti lavozimidagi faoliyati 82 foiz rossiyalikni qoniqtiradi. Uning siyosatidan norozilar soni 18 foizni taşkil qildi. Ijtimoiy va marketing tadqiqotlar ötkazuvçi Levada tahlil markazi tomonidan taqdim etilgan reyting şundan dalolat beradi. 

Manbaga köra, 51 foiz fuqaro Rossiya töğri yönalişda harakatlanmoqda, deb hisoblaydi. Mamlakat ketayotgan yöldan norozilar 32 foizni taşkil qildi. 17 foiz aholi esa javob berişga qiynaldi.

Aprel oyida Rossiya hukumati faoliyatini 46 foiz respondent ijobiy baholadi, yanvar oyida bu körsatkiç 51 foizni taşkil qilgan. Vazirlar Mahkamasi faoliyatidan norozilar soni 53 foizga oşgan, yanvar oyida uşbu körsatkiç 48 foiz bölgan.

Davlat dumasi faoliyatini 42 foiz respondent qöllab-quvvatlagan (mart oyida - 38 foiz), norozilar - 57 foiz (bir oy avval - 60 foiz).

Viloyat gubernatorlari faoliyati 53 foiz respondent tomonidan ma'qullagan. Ularning faoliyatidan norozilar 45 foizni taşkil qildi.

Şuningdek respondentlardan ularda işonç hissini uyğotadigan siyosatçi va jamoat arboblari nomini aytiş söraldi. Ilk uçlikda, 2016 yilda bölgani kabi, prezident Vladimir Putin, TIV rahbari Sergey Lavrov va Mudofaa vaziri Sergey Şoygu qayd etilgan.

14 foiz respondent rossiyalik siyosatçilarga işonçsizlik bildirgan, 12 foizi esa siyosatga qiziqmasligini körsatgan.

Markaz mutaxassislari 21-24 aprel kuni 18 yoş va undan katta 1600 kişi iştirokida sörovnoma ötkazdi. 137 aholi punkti hamda 48 mahalliy mintaqa fuqarolari sörovnomaga jalb etildi.