Cassini zondi tarixda birinçi bölib Saturn va uning halqalari orasidagi hududga kirib bordi va u yerda olingan ilk suratlarni Yerga uzatdi. Noyob parvoz dalillari Milliy aeronavtika va kosmik kenglikni tadqiq qiliş (NASA) boşqarmasining saytida namoyiş qilindi.
"Buyuk tadqiqotçilar an'analarini davom ettirib, Cassini yangi yölni bosib ötdi va bizga yangi mö'jizalarni namoyiş etdi", - dedi NASA'ning sayyoralarni tadqiq qiliş bölimi boşliği Jim Grin.
Cassini tomonidan yöllangan suratlarda Saturn atmosferasining öziga xosligini misli körilmagan yaqin masofadan köriş mumkin.
"Heç bir kosmik qurilma heç qaçon Saturnga bu qadar yaqinlaşmagan. Men Cassini Saturn va uning halqalari örtasidagi uşbu kenglikdan ötganini ma'lum qilişdan xursandman", - dedi Cassini missiyasi rahbari doktor Erl Meyz.
Cassini zondi 1997 yilning 5 oktabrida Yerdan kötarilgan va 2004 yilning 1 iyulida Saturnga yetgan. Şundan keyin zond bir neça yil davomida sayyora orbitasida bölib, uning yöldoşlari haqida ma'lumotlar töplagan.
2017 yilning 26 aprelida Cassini Saturn va uning halqalari örtasidagi kenglik tomon yönaltirildi. Kosmik zarralar bilan töqnaşuvlarning oldini oliş uçun qurilmaning aylana antennasi öziga xos qalqonga aylantirildi, bu aloqaning vaqtinçalik uzilişiga olib keldi.
Cassini missiyasi tugaşiga qadar zond Saturn va uning halqalari örtasiga yana 21 "şönğiş"ni amalga oşirişi kerak (keyingisi 2 mayga möljallangan). Şundan söng uning bortida yoqilği tugaydi va 2017 yilning sentabrida qurilma Saturn atmosferasida yonib ketişi kerak.












