Apple 2017 yilda iPhone 7s va 7s Plus smartfonlarini işlab çiqarmaydi, ularning örniga iPhone 8 va iPhone 8 Plus qurilmalari namoyişi kutilmoqda. Micgadget naşri Foxconn zavodidagi manbasiga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Manbaga köra, Xitoydagi Foxconn zavodlari ikki yangi smartfonga buyurtma olgan - iPhone 8 va iPhone 8 Plus. iPhone 7s va 7s Plus qurilmalari haqida esa heç qanday gap yöq, har holda hozir heç kim ularni işlab çiqarmayapti va yaqin kelajakda ham bunday reja yöq.
Yangi flagmanning ehtiyot qismlari iyun oyidayoq Xitoyga yetkaziladi. Ma'lumotlarga köra, iPhone 8 ham, iPhone 8 Plus ham ikki kameraga ega böladi.












