Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2 may kuni Soçi şahrida GFR kansleri Angela Merkel bilan muzokaralar ötkazadi, deb xabar berdi Kreml matbuot xizmati.
Davlat yetakçilari ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini, jumladan, energetika, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni muhokama qilişadi.
Şuningdek, dolzarb xalqaro muammolar, jumladan, terrorizm bilan kuraş, Yaqin Şarqdagi vaziyat, Ukraina mojarosini hal qiliş böyiça Minsk kelişuvlarini amalga oşiriş bilan boğliq masalalar ham körib çiqiladi.
Sönggi bor Putin va Merkel 2016 yilning 19 oktabr kuni Berlinda “normand törtligi” sammiti doirasida uçraşişgan. Germaniya kansleri Rossiyaga taşrif bilan qariyb ikki yildan beri kelmagandi.
3 may kuni esa Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan RF prezidentining taklifiga köra Rossiyaga amaliy taşrif bilan keladi.
Ikki davlat yetakçilari Soçidagi muzokaralar davomida rus-turk munosabatlari böyiça fikr almaşadilar.
Bundan taşqari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar, birinçi navbatda, terrorizmga qarşi birgalikdagi kuraş va Suriya inqirozini hal qiliş masalalari ham körib çiqiladi.












