Yöl harakati xavfsizligi qoidalarini buziş holatlarini oldini oliş maqsadida olib borilgan tadbirlar natijasida Yöl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan 20458ta, çorrahalarga örnatilgan kuzatuv kameralari yordamida 7565ta qoidabuzarliklar aniqlanib, tegişli ma'muriy bayonnomalar rasmiylaştirildi. Şundan, 3504tasi sfetoforning taqiqlovçi çiroğida harakatlaniş, 4061tasi tezlikni belgilangan me'yordan oşiriş ekani ta'kidlanmoqda.
Toşkent IIBB boşliği örinbosari Doniyor Toşxöjayevning ma'lum qilişiça, 21-27 aprel davomida 17ta yöl-transport hodisasi sodir bölgan, unda ikki kişi hayotdan köz yumgan, 18 kişi jarohatlangan.
2017 yilning 15 mart, ya'ni videokuzatuv kameralari örnatilganidan buyon 127ta YTH sodir bölgan, uşbu hodisalar oqibatida 18 kişi xalok bölgan, 147 nafari jarohatlangan.
Şu bilan birga, ta'kidlanişiça, ötgan yilning şu davriga nisbatan yöl-transport hodisalari 56taga, unda jarohatlanganlar 73 nafarga, vafot etganlar soni esa 13 nafarga kamaygan.











