2017 yil 11-12 may kunlari Şanxay hamkorlik taşkiloti Forumining XII majlisi bölib ötadi. Özbekiston, Qozoğiston, Xitoy, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston, Hindiston, Pokiston, Eron va Afğoniston delegatsiyalari Forum işida qatnaşadilar. Bu haqda Uzdaily.uz xabar qilmoqda.
ŞHT Forumi qatnaşçilari taşkilot hududida xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş masalalari, xavfsizlik sohasini yanada rivojlantirişning muhim jihatlari, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va investitsiyaviy hamkorlik hamda taşkilotni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qilişadi.
Ular, şuningdek, kuzatuvçi-davlatlar va muloqotdagi hamkor davlatlar bilan muloqotni faollaştiriş, ularning ulkan salohiyatini ŞHT doirasidagi qöşma faoliyatga jalb qiliş kabi masalalar ham ŞHT Forumi uçraşuvi kun tartibiga kiritilgan.
Delegatsiyalar a'zolariga Özbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasiga doir ma'lumotlar beriladi.












