Joriy yil mart oyida Volkswagen Golf 7 yilda ilk marotaba Yevropa avtomobil bozoridagi eng ommabop va köp sotiladigan maşina maqomidan mahrum böldi. JATO Dynamics kompaniyasi hozirlagan hisobotga köra, Ford Fiesta maşinalari «Golf»ni ortda qoldirgan. Unga köra, Ford Fiesta Volkswagen Golf avtomobiliga qaraganda 468ta köproq sotilgan. Ya'ni, Amerika modelidan jami 47263ta sotilgan bölsa, Germaniya markasini 46795 mijoz xarid qilgan. 

Umumiy hisobda ötgan oyda Yevropa avtobozorida 1,93 mln dona avtomobil savdosi qayd etilgan, bu 2016 yildagi şu davrga nisbatan 10,8 foizga köp demakdir. Şu bilan birga, ta'kidlanişiça, bu natija JATO Dynamics tomonidan olib borilayotgan kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori natijadir.

Şu bilan Yevropa avtomobil bozori AQŞni (1,5 mln dona avtomobil sotilgan) ortda qoldirib, kölami jihatidan dunyoda ikkinçi öringa kötarilib oldi. Birinçi örinni işonç bilan Xitoy egallab turibdi.