Xalq deputatlari Guliston tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga köra, sessiyada taşkiliy masala körilgan.

Sirdaryo viloyati hokimi Ğofurjon Mirzayev iştirok etgan bu sessiyada Abdumannon Husanboyev tuman hokimi vazifasidan ozod etilgan.

Deputatlar tuman hokimi vazifasini bajarişni viloyat qişloq va suv xöjaligi boşqarmasi boşliği Abdumavlon Ibodullayev zimmasiga yuklagan.