"Kommersant'" naşrining manbalari Rossiya va Ukraina prezidentlari telefon orqali muloqotni davom ettirayotganlarini ma'lum qildilar. Manbalarning aytişiça, Vladimir Putin va Petr Poroşenko sönggi marta aprel oyining birinçi yarmida qönğiroqlaşişgan. Bu muloqot çoğida ikki davlat yetakçisi bir-biriga qöpol gapirib yubormaslik uçun hazil aralaş suhbat ötkazişgan.

Moskva va Kiyevdagi manbalar Putin va Poroşenko örtasidagi oxirgi muloqot 20 daqiqaga yaqin davom etgani va Ukraina taşabbusi bilan ötkazilganini ma'lum qilişgan. Ular muloqot çoğida Donbassdagi vaziyatni muhokama qilişgan. 

Rasman ikki davlat yetakçisi suhbati haqida na Rossiya, na Ukraina OAVda xabar qilinmagan. Ukraina hukumatidagi manbaning aytişiça, suhbat Poroşenko raqiblariga uni "vatanparvarlikka xos bölmagan xatti-harakat"da va "agressor davlat yetakçisi bilan" suhbatlaşişda ayblaşga imkon bermaslik maqsadida oşkor qilinmagan.

Naşr ma'lumotlariga köra, ikki yetakçi 2017 yil boşidan beri kamida 4 marta qönğiroqlaşişgan. Kiyevda dastlab bu fakt rad etib kelingan, biroq keyinroq qönğiroqlar bölgani, biroq ular biror-bir aniq natija keltirmagani sababli ularni ma'lum qilmaslikka qaror qilingani aytilgan.