Google va Facebook kompaniyalari 100 million dollarlik aldov qurboniga aylanişganini tan olişdi. AQŞ Adliya vazirligining xabar berişiça, hujum ortida 48 yoşli Litva fuqarosi Evaldas Rimasauskas turgan, unga mart oyida firibgarlik böyiça ayblovlar qöyilgan.
Mahkamaning mart oyida xabar berişiça, litvalik 2013-2015 yillar davomida özini dasturiy ta'minot işlab çiqaruvçi osiyolik tadbirkor sifatida taniştirgan hamda hisob raqamlari, şartnomalarni soxtalaştirgan va fişing ma'lumotlarini olgan.
Fişing – internetdagi eng keng tarqalgan firibgarlik turi bölib, u foydalanuvçilar login va maxfiy sözlarini olişdan iborat.
Vazirlik Rimasauskas Litvada qölga olingani haqida ilk bor xabar berganida, jabrlanganlar haqida ma'lumotlar körsatilmagan.
"Soxta elektron maktublar kompaniyalar xodimlariga yuborilgan, buning oqibatida “Osiyo” kompaniyasi hisob raqamiga millionlab dollar mablağlar ötkazib berilgan", - deya ta'kidlaşgan AQŞ Adliya vazirligida.
Bu xabarlarning barçasi bitta kompaniyadan kelgan maktub sifatida körsatilgan, biroq ularning hammasi yolğon manzilga olib borgan hamda unga Google va Facebook xodimlari mablağlar ötkazib berişgan.
"Biz sotuvlar bölimida ma'lumotlar sizib çiqqanini payqadik va hukumatni bundan tezkorlik bilan xabardor etdik. Biz pullarni qaytardik", - deya ta'kidlab ötdi Google matbuot xizmati.
"Facebook sarflangan mablağlarning katta qismini tezlik bilan qaytardi va ayni damda tergov bilan hamkorlik qilmoqda", - deya xabar berdi eng yirik ijtimoiy tarmoq vakili.
Har ikki kompaniyada ham mablağlar qanday qaytarilganiga oydinlik kiritişmadi.
Yevropolning yaqinda taqdim etgan hisobotiga köra, sönggi vaqtlarda fişingga asoslangan kiberjinoyatlar köpaygan, şuning uçun kompaniyalarga kim bilan hamkorlik qilayotganliklarini jiddiy tekşiruvdan ötkaziş tavsiya etilmoqda.












