Germaniya kansleri Angela Merkel Fransiyaning sobiq moliya vaziri, Fransiya prezidenti lavozimi uçun ikki nomzoddan biri Emmanuel Makron saylovlarda ğolib bölsa, kuçli prezident bölişiga işonçi komilligini aytdi. 

"Menda Emmanuel Makron agar saylansa, kuçli prezident bölişiga mutlaq şubha yöq", deb aytgan kansler.

Avvalroq Fransiya prezidenti lavozimiga yana bir nomzod Marin Le Pen saylovlarning 1-bosqiçida Jan-Lyuk Melanşonga ovoz berganlarni 2-bosqiçda Emmanuel Makronga ovoz bermaslikka çaqirgandi.