Rossiyadagi nodavlat tadqiqot taşkiloti bölmiş «Levada-sentr» analitik markazi tomonidan ötkazilgan sörov yakunlariga köra, sönggi 10 yil içida rossiyaliklarning mehnat migrantlariga nisbatan munosabati yomonlaşgan.
Sörovda iştirok etganlarning 32 foizi migrantlarni bilimi kam, faqat malakasiz işlarni bajara olişga qodir insonlar, deb hisoblaydi. 10 yil muqaddam bunday hisoblovçilar 28 foizni taşkil etgan. Boz ustiga, migrantlarni köp işlaşdan toymaydigan mehnatsevar insonlar (30 foizdan 26 ga), öz oilalari haqida qayğuruvçi boquvçilar (38 foizdan 25 ga), deb hisoblovçilar soni ham kamaygan.
Rossiyaliklarning 67 foizi hukumat xorijliklarning kelişiga tösiq qöyişi kerak, deb hisoblaydi. Bu körsatkiç 2013 yil oktabrida (78 foiz) va 2016 yil martida (80 foiz) maksimum darajaga kötarilgan edi. Ma'lum bir mamlakatlardan keladigan migrantlarga nisbatan munosabatlarda ham özgarişlar mavjud: masalan, Ukrainadan keluvçi migrantlarga yomon munosabatdagilar soni 9 dan 19 foizga kötarilgan, Belarusdan — 8 dan 13 ga, Markaziy Osiyo respublikalaridan borganlarga esa yomon munosabat 31 dan 38 foizgaça kötarilgan, biroq Kavkazorti respublikalaridan kelgan muhojirlarga munosabat biroz yaxşilangan.
Har ikki rossiyalikdan birida mehnat migrantlarining har qanday toifasiga nisbatan toqatsiz munosabat mavjud, qolgan yarmi ularga nisbatan bağrikengroq, deydi «Levada-sentr» xodimi Karina Pipiya.
Rossiyaliklar, ayniqsa, Şimoliy Kavkaz va Markaziy Osiyodan borganlarga yomonroq munosabatda, sönggi 10 yilda ukrainalik mehnat migrantlarini yoqtirmaslik darajasi ham ortgan. Bu holatda migrantlarga munosabat rossiyaliklarning ular kelib çiqqan davlatga nisbatan munosabati bilan korellyatsiya qilinadi, ya'ni «migrantofobiya» siyosiy omillar bilan ham boğliq. Sotsiologning fikriça, «Ukrainaga nisbatan salbiy munosabat şakllantirilsa — öşa yerdan kelgan migrantlarni yoqtirmaslik kuçayadi, masalan, Gurjistonga nisbatan yaxşi munosabatdagilar soni ortsa — Kavkazortidan kelayotgan migrantlarga nisbatan bağrikenglik darajasi ortadi».
Migratsion qartadan butun dunyoda siyosiy öyin sifatida foydalanişadi, Rossiya ham bundan mustasno emas, biroq boşqalarga nisbatan bu ustunlikdan kamroq foydalanadi, deb hisoblaydi «XXI asr migratsiyasi» fondi prezidenti Vyaçeslav Postavnin.
«Migrantlarga nisbatan munosabatlarda tebraniş 90-yillar boşidan buyon kuzatilmoqda, u har bir joyda bor, aholining katta qismi siyosatçilar va OAV nima deyayotganiga qarab öz fikrini şakllantiradi», deydi u. Sönggi vaqtlarda Moskva, Moskva ostonasi, Sankt-Peterburg va Leningrad oblastida Rossiyadagi jami migrantlarning 60 foizi töplanganligi fakti muammo bölayotligi haqida ekspert şunday degan: «Biz migratsiyani nazorat ostiga ololmayotganimiz muammo bölmoqda. Tobora Moskva va Sankt-Peterburgda işçi örinlari uçun raqobatlar ortib boradi, bu holda boşqa hududlarda işçi kuçi yetişmasligi kuzatilmoqda».











