Rossiyalik öta oğir vazn toifasidagi boksçi Aleksandr Povetkin, reyting janglarini ötkazmayotgan bölsa-da, Xalqaro boks taşkiloti (IBO) reytingida ikkinçi öringa kötarilib oldi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda. 

Reytingning birinçi örnida ukrainalik Vladimir Kliçko joy olgan bölsa, uçinçida bolgariyalik boks ustasi Kubrat Pulev bormoqda. Avvalroq, Povetkin uşbu reytingning uçinçi örnida edi. 

Eslatib ötamiz, Butunjahon boks kengaşi (WBC) va Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) Povetkinni öz reytingidan çiqarib yuborgan, Butunjahon boks taşkiloti (WBO) hatto boksçini öz reytingiga qaytarişni rad etdi. Bunga WBC "muvaqqat" çempionligi uçun jang oldidan 2016 yil 6 dekabrda olingan doping namunasi ijobiy natija bergani sabab böldi. Öşanda, kanadalik Bermeyn Stivernga qarşi Yekaterinburgda ötkazilişi rejalaştirilgan boks keçasidan avval Povetkin doping namunasidan ostarin moddasi çiqqan edi. 

2017 yil iyunda Povetkinga nisbatan qöllanilgan şartli diskvalifikatsiya poyoniga yetadi. Bu esa, 2017 yil 1 iyul kuni rejalaştirilayotgan jang oldidan u heç qanday çeklovga ega bölmasligini anglatadi.