30 aprel kuni Aşxobod şahrida “Markaziy Osiyo + Yaponiya” Muloqoti Taşqi işlar vazirlarining oltinçi kengaşida iştirok etayotgan Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov qabul qildi.
Vazir Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Turkmaniston prezidenti va butun turkman xalqiga yöllagan iliq salom va samimiy ehtirom sözlarini yetkazdi.
Bölib ötgan suhbat çoğida Özbekiston prezidentining Turkmanistonga şu yilning 6-7 mart kunlari amalga oşirgan davlat taşrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erişilgan kelişuvlar ruhida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, ikki davlat rahbariyatlarining siyosiy irodasi natijasida bugun davlatlararo aloqalar sifat jihatdan yangi darajaga kötarilib, bu siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-komminikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi özaro manfaatli munosabatlarni faollaştiriş, xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar, jumladan hozirda Turkmaniston raislik qilayotgan Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi doirasidagi hamkorlikni çuqurlaştiriş imkonini berdi.












