Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan ma'lum qildiki, mamlakat harbiy-havo kuçlari Iroq va Suriya hududidagi kurdlarning pozitsiyalari böylab yangi zarbalar yöllaşi mumkin. Bu haqda Associated Press agentligi xabar tarqatdi.
Şu bilan birga turkiyaliklar rahbari navbatdagi amaliyotlarning aniq sanasi haqida heç narsa deya olmasligini qöşimça qilgan.
«Biz hujum vaqtini ma'lum qila olmaymiz. Ammo ular turk armiyasi kelişi mumkinligini bilişadi», — degan u.
Aprel oyining ikkinçi yarmida Turkiya harbiy samolyotlari Iroq va Suriya hududidagi kurdlarga hujum qila boşladi. 29 aprel kuni ham Turkiya HHK Kurdiston işçilar partiyasining Iroq şimolidagi pozitsiyalariga zarbalar berdi. Rasmiy Anqara Iroq şimoliga berilgan aviazarbalar natijasida 14 nafar kurd jangarisi öldirilganini bildirdi.












