Fransiya harbiy-dengiz kuçlarining "Mistral" turidagi vertolyot taşuvçi-desantçi kemasi 29 aprelda Kyusyu orolidagi Sasebo şahrida joylaşgan yapon harbiy-dengiz bazasi bandargohiga kirib keldi. Bu haqda Yaponiya harbiylariga iqtibos keltirgan holda xorijiy OAV xabar bermoqda.
Kema Fransiya, Yaponiya, AQŞ va Buyuk Britaniya iştirokidagi harbiy-dengiz maşğulotlarida iştirok etadi.
Yaponiya harbiylarining ma'lum qilişiça, ötajak maşğulotlar "unda iştirok etayotgan davlatlar örtasida hamkorlik va işonçni kuçaytiriş va çuqurlaştiriş uçun taşkillaştirilmoqda".
Maşğulotlar 3-22 may kunlari Yaponiya atrofida hamda Şimoliy Mariana orollari va Guam orollari yaqinida ötişi kutilmoqda. Manyovrlarda 700 harbiy, jumladan 220 nafar yapon harbiysi va 60 nafar britan dengizçisi iştirok etişi rejalaştirilgan. Maşğulotlarga şuningdek yana bir fransuz kemasi – "Lafayyet" turidagi fregat qöşilişi kerak.
OAVning ta'kidlaşiça, maşğulotlar Koreya yarimorolidagi taranglikning oşişi ortida ötkazilmoqçi. Avvalroq AQŞning "Karl Vinson" atom aviataşuvçi kemasi boşçiligidagi kemalar guruhi va Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuçlari Yapon dengizida birgalikdagi maşğulotlarni boşlaşgani ma'lum qilingandi.












