Italiya çempionatining 34-turi doirasida «Latsio» va «Roma» jamoalari örtasida Rim derbisi ötkazildi. «Olimpiko» stadionida keçgan uçraşuv «burgutlar» jamoasining 3:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Öyinning 12-daqiqasida Balde Keyta hisobni oçdi, birinçi bölim söngida Daniel De Rossi penaltini aniq bajarib, hisobni tenglaştirdi.

Ikkinçi bölim boşida Duşan Basta töpni maydonni raqib hududida egallab zarba berdi va töp «Roma» himoyaçisi Federiko Fasioga tekkan holda ŞÇensni darvozasiga borib tuşdi. 85-daqiqada Senad Luliç va Keyta kombinatsiyasi gol bilan yakunlandi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda Ryudiger qizil kartoçka olib maydonni tark etdi.

Luçano Spalletti şogirdlari hamon 75 oçko bilan turnir jadvalida ikkinçi örinda qolmoqda, bugungi raqib esa ğalabadan keyin oçkolari sonini 67taga yetkazgan holda törtinçi örinda joylaşgan.

Keyingi turda «Roma» 7 may kuni «Milan» bilan öynaydi, «Latsio» şu kuni «Sampdoriya»ni qabul qiladi.

Italiya çempionati
34-tur
Roma – Latsio 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 12 Keyta, 1:1 – 45, penalti de Rossi, 1:2 – 50 Basta, 1:3 – 85 Keyta.
Roma – Şçensni, Manolas, Emerson, Ryudiger, Fasio (Perotti, 64), Nainggolan, de Rossi (Totti, 73), Salax, Strotman, Al-Şa'roviy (Bruno Peres, 46), Djyeko.
Latsio – Strakoşa, Baştuş, de Vrey (Xudt, 74), Uolles, Lukaku (Felipe Anderson, 43), Milinkoviç-Saviç, Luliç, Bigliya, Parolo, Keyta (Jorjyeviç, 87), Basta.
Ogohlantirişlar: Bigliya (45), Xudt (81), Keyta (87), Parolo (90).
Çetlatiş: Ryudiger (90).