Shimoliy koreyaliklar AQSh suvosti kemasini cho‘ktirib uni suvosti arvohiga aylantirishmoqchi
Shimoliy Koreya hukumati Janubiy Koreya qirg‘oqlari yaqinida «Karl Vinson» bilan birga joylashtirilgan AQSh atom suvosti kemasi cho‘ktirib yuborishlari mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar tarqatdi.
«Agar Michigan harakatlanishda davom etsa, u boshqa suv sathiga chiqmasligi va suvosti arvohiga aylanishi mumkin. Koreya yarimoroli hududiga atom suvosti kemasi joylashtirilishi bizning respublikamiz uchun tahdid hisoblanadi»,— degan Pxenyandagilar.
29 aprel kuni Pxenyan navbatdagi marta ballistik raketa sinovini o‘tkazdi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, sinov muvaffaqiyatsiz chiqqan.
Bu hodisa AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson Vashington Pxenyanning harakatlariga qarshi kuch qo‘llashi mumkinligini aytganidan biroz vaqt o‘tib sodir bo‘lgandi.
Bu xabarlardan so‘ng Rossiyaning Uzoq Sharqdagi raketaga qarshi mudofaa tizimi jangovar shay holatga keltirilgandi.
Endilikda bungacha Pxenyan bilan munosabatlarda qo‘shimcha choralar qo‘llashga kelishib olgan AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya kuch ishlatish ehtimollarini istisno etishmayapti, bu ittifoqchilar KXDRga bosim o‘tkazishda Xitoyning ko‘magidan foydalanmoqchi.
O‘tgan haftada Janubiy Koreya va AQSh harbiy-dengiz kuchlari Sariq dengizda birgalikdagi mashg‘ulotlarni boshlagandi. O‘tgan hafta yakunida Amerikaning «Karl Vinson» aviatashuvchisi Janubiy Koreya kemalari bilan hamkorlikdagi manyovrlarni o‘tkazdi. Ikki esminets va raketa kreyserini ham o‘z ichiga olgan zarba berish guruhi Shimoliy Koreya raketalarini kuzatish va to‘xtatib qolishni ishlab chiqdi.
25 aprel kuni dunyodagi eng yirik suvosti kemasi Michigan Koreya Respublikasi janubidagi Pusan portiga kirgandi.
Mavzuga oid
18:59 / 19.11.2024
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston Shimoliy Koreya bilan o‘yinda 10 kishi qolib, qiyin g‘alabaga erishdi
09:08 / 08.11.2024
Zelenskiy: Kursk oblastidagi KXDR askarlari yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda
20:15 / 27.10.2024
Ukrainaga qarshi jangga tashlangan KXDR askarlari: ekspertlar qanday fikrda?
15:07 / 25.10.2024