AQŞ prezidenti Donald Tramp özining hukumat tepasidagi ilk yuz kunini "mamlakat tarixidagi eng muvaffaqiyatli kunlar" deb atadi. U şanba kuni prezidentlikning ilk yuz kunini nişonlab, xalqqa qilgan murojaatida ana şunday bayonot bilan çiqdi.
"Ma'muriyatimning ilk yuz kuni mamlakatimiz tarixidagi eng muvaffaqiyatli kunlar bölganiga çin dildan işonaman", - deya Trampning sözlarini yetkazadi Fox News telekanali. "Eng asosiysi, biz işçi örinlarni qaytarmoqdamiz",- dedi u.
Tramp 29 aprelni Pensilvaniya ştatida ötkazdi. Ştat poytaxti Harrisbergda Trampning tarafdorlari namoyişi bölib ötdi. Prezident yiğilganlar oldidagi nutqini Amerika ommaviy axborot vositalarini tanqid qilişga bağişlab, ularni yana yolğonçilikda aybladi va "Vaşington botqoği" deb atadi.












