Apple kompaniyasi Kremniy vodiysi yöllarida özi işlab çiqargan avtopilot tizimini sinovdan ötkaza boşladi, deb xabar bermoqda Bloomberg. Lexus RX 450h yöltanlamasi şunday tizim bilan jihozlangan.

Apple Kaliforniya yöllarida avtonom boşqaruvga ega avtomobillar sinovini ötkaziş uçun ruxsatni ikki hafta avval oldi. Test prototipi  Velodyne lidari, kameralar va köplab sensorlar bilan jihozlandi. Bloomberg eksperti sözlariga köra, barça qurilmalarni bemalol sotib oliş mumkin – ulardan heç biri noyob işlanma emas.

Apple haydovçisiz avtomobil işlab çiqayotgani haqida ilk miş-mişlar ikki yil avval paydo böldi. Öşanda u elektrokarlarni quvvatlantiriş usullarini örganib çiqayotgani, Berlinda modelni loyihalaştiriş uçun “maxfiy laboratoriya” taşkil etgani va avtomobil sohasidagi qator taniqli mutaxassislarni yollagani xabar qilingandi.

2016 yilda esa Apple öz maşinasini yaratiş ğoyasidan voz keçdi hamda bor e'tiborni avtopilot tizimini işlab çiqişga qaratdi. U keyinçalik avtomobil işlab çiqaruvçilariga sotilişi mumkin.