Isfandiyor Sobirov (ism-familiyalar özgartirilgan) ikki yil avval Buxoro viloyat tabiatni muhofaza qiliş qömitasi Suv va suv resurslarini muhofaza qiliş va undan oqilona foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasida davlat inspektori vazifasida iş boşlagan vaqtda niyati toza, öz işiga sidqidildan yondaşadigan xodim edi. Biroq u oradan bir yil ötar-ötmas keskin özgardi. Egallab turgan lavozimi doirasida qanday qilsa, mömay pul topiş mumkinligi haqida öyladi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Jondor tumanidan oqib ötuvçi Zarafşon daryosining quyi oqimi Markaziy Buxoro kollektori hududida tegişli ruxsati bölmasa-da, taqiqlangan qurollar va usullar bilan baliq tutayotgan odamlar uçrab turadi. Nazir Ilyosov esa şundaylardan edi. Inspektor uni qölga olişi oson keçmadi. Özini suvga otib bölsa-da, vazifasini bajardi, brakonerni qölga oldi.
Endi I.Sobirov vakolati doirasida uşbu holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi MJtKning tegişli moddasi bilan ma'muriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnoma rasmiylaştirib, jazo muqarrarligini ta'minlaş maqsadida sudga yuborişi kerak edi. Ammo u bunday yöl tutmadi.
Işni rasmiylaştirmaslik evaziga huquqbuzardan 100 AQŞ dollari va 400 ming söm olgan Isfandiyor Sobirov qonun posbonlari tomonidan uşlanganini sezmay qoldi.
Jinoyat işlari böyiça Jondor tuman sudining hukmiga binoan I.Sobirovga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi.












