Nyuton Fols şahrida yaşovçi Deniyel Mur va uning turmuş örtoği Liza milliarder Mark Tsukerberg ularning uyiga mehmonga kelişidan 15 daqiqa oldin xabar topişdi. BBC şu haqida hikoya qildi.

Facebook asosçisi xodimlariga respublikaçilar foydasiga öz fikrini özgartirgan amerikaliklar bilan yaqindan tanişiş istagida ekanini aytdi. Şundan söng Tsukerbergning işçilari Murlar oilasini topişdi. Deniyel Mur ikki marta Barak Obamaga ovoz bergan, biroq sönggi saylovlarda Donald Trampni faol qöllab-quvvatlagan.

Tsukerberg ohayolik oilaga kelişidan avval ularga keçki ovqatga "90 foiz amerikalikni "öz mahsuloti bilan ta'minlovçi" kaliforniyalik juda badavlat filantrop kelişi" haqida xabar berişdi. 

Keçki ovqat mahali nafaqat siyosat, balki xayriya mavzusidagi suhbat ham qizidi. Murlar oilasi Ugandadagi bolalar uyiga yordam berib keladi. Tsukerberg ularga mablağ töplaşga yordam berişni taklif qildi. 

Uşbu taşrifdan keyin Tsukerberg özining Facebook tarmoğidagi sahifasiga quyidagiça yozdi: "Hozirgina Ohayodan qaytdim. Den va Liza Murlarga iliq qabul va ajoyib keçki ovqat uçun rahmat!" Uy egasi bunga javoban milliarderga javob yozdi: "Taşrif uçun katta rahmat, Mark. Sen ajoyib insonsan".

Tsukerberg şuningdek Ohayoda davolaş kurslarini ötayotgan giyohvand moddalarga tobe' kişilar bilan ham körişdi. Şundan söng u mahalliy öt öçiruvçilar bilan tuşlik qiliş uçun Indianaga yöl oldi. 

Facebook asosçisi bundan avval 50 ştatning barçasi böylab sayohat qiliş niyati haqida gapirgan edi. Şundan keyin ba'zilarda Tsukerberg siyosat bilan şuğullanmoqçi, degan taxminlar paydo böldi.