Fransiya prezidentligiga nomzod Marin Le Penning fikriça, Yevropa Ittifoqi (YeI) totalitar tuzilmaga aylangan, şu bois u yangi ittifoqqa aylantirilişi kerak. Bu haqida u Europe 1 radiostansiyasi efirida ma'lum qildi. 

Siyosatçi YeIning muqobili sifatida "Yevropaning erkin va suveren davlatlar alyansi" ittifoqini tuzişni taklif qildi.

"Men yevropalikman, biroq men Yevroittifoq deya nom olgan va öz yönalişini butkul özgartirgan bu siyosiy tuzilma bilan işlaşni istamayman. U holda, ehtimol, uning nomini yangilarmiz... Masalan, mamlakatlarga loyihalar böyiça birlaşiş imkonini beruvçi, ularning milliy manfaatlariga tösqinlik qilmaydigan Yevropa alyansi, çunki YeIning asosiy muammosi - uning deyarli totalitar tuzilmaga aylanganida", - dedi Le Pen.

Bundan avval Le Penning prezidentlik poygasidagi raqibi Emmanuel Makron agar ittifoq islohotlar ötkazmasa, Fransiyaning YeIdan çiqişi mumkinligi haqida aytgandi. 

23 aprel kuni Fransiyada bölib ötgan prezidentlik saylovlarining birinçi bosqiçida Makron - 24,01 foiz, Le Pen - 21,3 foiz ovoz töpladi. Saylovlarning ikkinçi bosqiçi 7 may kuni bölib ötadi.