Fransiya prezidentligi uçun nomzod, "Marşda" harakati asosçisi, markazçi Emmanuel Makronning bayonot berişiça, YeI islohotlar ötkazişdan boş tortsa, Frexit (Fransiyaning YeI tarkibidan çiqişi) istiqboliga duç kelişi mumkin. Bu haqda BBC xabar qilmoqda. 

Makronning qayd etişiça, u "saylovoldi kampaniyasi davomida doim Yevropa ğoyasi va YeI siyosatini himoya qilgan", çunki, uning fikriça, ular "Fransiya uçun zarur va mamlakat globallaşuv jarayonida öz örniga ega böladi". "Ayni vaqtda, biz vaziyatni baholaşimiz, fuqarolarimizni eşitişimiz kerak, ularning bugungi kunda jahli çiqqan, YeIning buzilgan faoliyati endi ötmaydi", - degan Makron. 

Emmanuel Makron. Foto: Reuters

Şunga köra, prezidentlikka nomzodning aytişiça, u YeIning şu körinişda faoliyat yuritişiga yöl qöysa, öziga xos "xoinlik" böladi. "Men bunday qilmoqçi emasman, - deb ta'kidlagan Makron. – Çunki, biz Frexit yoki "Milliy front"ni qabul qilişimiz mumkin".

Fransiya prezidentlik saylovining birinçi turi 23 aprelda bölib ötdi. Unda 11 nafar nomzod qatnaşdi. Ikkinçi, hal qiluvçi bosqiç 7 may kuni taşkil etiladi. Unda Emmanuel Makron va Marin Le Pen kuraşadi.