2017 yilning 1 may kuni Toşkent şahrida “Zamon-Press-info naşriyot uyi” tomonidan çop etilgan “Sarobga aldanganlar qismati” kitobining taqdimot marosimi bölib ötdi.
Ma'lumki, bugungi kun muqaddas dinimizni niqob qilib olgan yovuz kuçlar tomonidan dunyoning turli nuqtalarida amalga oşirilayotgan jinoiy xatti-harakatlar barçadan huşyorlik va ehtiyotkorlikni talab etadi.
Ana şu ekstremistik oqimlarga qöşilib, bu guruhlarning sof islomiy qadriyatlardan qançalik uzoq ekanini öz aql-idroki bilan anglab yetgan bu hamyurtlarimizning keçmişlari, iqror va tazarrulari ham bir öquvçini huşyorlikka çorlaydi, din va diniy aqidaparastlik, sof islomiy qadriyatlar va terrorizm singari tuşunçalarni farqlaşda katta ahamiyat kasb etadi.

Yangi kitob ham bunday xatti-harakatlarga haqqoniy munosabatlarni özida jamlagan.
Kitob ikki qismni öz içiga oladi. Töplamda qilgan xatosi uçun jinoiy javobgarlikka tortilgan, jazoni ijro etiş muassasasida jazo muddatini ötayotgan yoxud ötab qaytgan hamyurtlarimizning çin dildan bildirgan iqrorlari, nadomatlari, şuningdek, ularning oila a'zolari, yaqinlari, mahalladoşlari tomonidan yöllangan maktublar joy olgan.

Taqdimot marosimida sözga çiqqanlar mazkur kitobning mazmun-mohiyati, uning yoş avlodni Vatanga sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşdagi ahamiyati xususida söz yuritişdi.


















