Dunyoning turli davlatlaridagi olimlar jahon davlatlaridagi baxt-saodat darajasi haqida har qanday tadqiqot ötkazmasin, Daniya, Norvegiya va Şvetsiya doim reytingning old qatorlarida bölaveradi. Albatta, bu davlatlarda turmuş darajasi juda yuqori, lekin gap bundagina emas: skandinavlarda bir neçta umumiy qoida mavjud bölib, ularning şarofati bilan şimolliklar hayotdan bahra olişni kanda qilişmaydi.

AdMe.ru bu haqda batafsilroq örganişga harakat qildi va haqiqatdan ham boşqalar örgansa arziydigan jihatlar borligini aniqladi.

1. Kamtarlik va özgaga hurmat

© DEPOSITPHOTOS 

Skandinaviya davlatlarida «Yante qonuni» deb ataluvçi qoidalar majmuasi bor. Bu qoida biror joyda qoğozga aniq qilib tuşirilmagan va individualizmga bölgan huquqni aslo tan olmaydi:

- Men bir xos insonman, deb öylama;
- Bizning tengimizsan, deb öylama;
- Bizdan aqlliroqsan, deb öylama;
- Bizdan yaxşiroqsan, deb öylay körma;
- Bizdan köproq narsani bilasan, deb öylama;
- Bizdan muhimroqsan, deb öylama;
- Barça narsa qölingdan keladi, deb öylama;
- Bizning ustimizdan kulişga urinma;
- Kimningdir sen bilan işi bor, deb öylay körma;
- Bizga nimanidir örgatişga qodirsan, deb öylama.

Garçi skandinaviyaliklarning özi bu qonun-qoidalar ustidan tez tez hajv qilib, kulib turişsa-da, u haqiqatdan ham favqulodda döstona va jips jamiyat hosil bölişiga olib kelgan. Kamtarona böliş va atrofidagi insonlarni hurmat qiliş — bu skandinavça hayot tarzi.

Bundan taşqari, bu qonun insonlarni takabbur va manman bölişdan qaytaradi: bu davlatlarda özining erişgan natijalaridan kekkayiş va boyligini köz-köz qiliş odat tusiga kirmagan.