Iye, kimning kuçi bilan kirişi kerak edi?

Yoz ham kelib qoldi. Yaqinda bitiruvçilar oliy öquv yurtlari eşiklarini qoqa boşlaydilar. Ayniqsa, ota-onalar uçun eng hayajonli damlar bölgan test sinovlari yaqinlaşmoqda. Lekin test sinovlariga hamma ham bilimni asosiy va yagona qurol sifatida tanlab kirib borayaptimi? Yoşlarning, tabiiyki butun millatning kelajagini belgilab beruvçi bu sinov poraxörlik, qinğirlik, ta'magirlikdan xoli, deb ayta olamizmi?!

Dastlab, 1993 yilda test sinovlari joriy qilinganida eski tartibdagi imtihonlarga, ya'nikim taniş-bilişçiligu uzatişlarga könikib qolganlar çuv tuşib, haqqoniy sinovdan ötgan öqişga qabul qilindilar. Bu jarayon keyingi yillarda ham davom etdi. Ammo köp ötmay yana “yölini qilişdi”. Boşqaning örniga kirişlar, yonidagiga ma'lum haq evaziga yeçib berişlar, şpargalkalardan foydalanişlar urçidi. Keyin telefon erasi boşlandi. Uyali aloqaning bu borada ham beminnat xizmat qilişi mumkinligi tezda anglab yetildi va bor harakat telefon olib kirişga qaratildi.

Ajoyib! Nazorat kuçaytirilgani sari göyo bilim olişga e'tibor kuçaymay, qinğirlikning yangi usullarini topişga köproq harakat qilinayotganday.

Yanayam qiziği yiğinlarda, katta davralarda va hatto televizorga çiqib “Mening bolam falon institutga öz kuçi bilan kirdi!”, deya maqtaniş urf böldi. Öz kuçi bilan kirmay ot kuçi bilan kirişi kerakmidi? Umuman endi talaba bölgan bolangiz ot kuçi nimaligini biladimi özi?!

Test sinovi oldidan turli-tuman hojatbarorlar paydo böladi. Har yili, har oyda neçta örtakaşu, neça nafar “domullo” qölga tuşgani jar solinsada, ular soni ham aksinça oşib borayotgandek. Çunki har doim şunday bölgan: nimagaki talab bor ekan, albatta, taklif ham paydo böladi.

Talabni esa özimiz, öşa tizimni ham yomonlab, ham egri yöl topib pul tiqiştirişga urinayotgan sizu-biz yaratyapmiz. Çunki bir narsadan xavfsiraymiz, biz qilmasak boşqalar şu usulni qöllaydi va bizning bolamiz qolib ketadi. Jamiyat mana şu illatga qarşi jiddiy kuraşmas ekan mamlakat taraqqiyoti jiddiy xavf ostida qoladi.

Abror Zohidov