O‘zbekiston | 15:03 / 02.05.2017
32934
2 daqiqa o‘qiladi

Eng yangi tarix: Ichki ishlar vaziri jurnalistlar bilan uchrashdi

Foto: Xalqaro press klub

Joriy yil 2 may kuni Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilangan Harakatlar Strategiyasida 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan muhim islohotlar va ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha vazifalar ijrosini ta'minlashga doir masalalar bahs-munozaralar markazida bo‘ldi. 

Sessiyada O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri general-mayor Abdusalom Azizov, IIV YHXBB boshlig‘i, polkovnik Xolmatjon Saydaliyev, IIV Toshkent shahar HOOBB boshlig‘i, podpolkovnik Dilshod Akramov va vazirlikning qator boshqarma hamda bo‘limlari rahbarlari ishtirok etdilar. Bundan tashqari, Inson huquqlari milliy markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, qator nodavlat-notijorat tashkilotlar hamda mahalliy va xorijiy OAV vakillari ishtirok etdilar. 

Foto: Kun.uz

Tadbirda huquqni muhofaza qilish idoralari, xususan, ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, jinoyatchilikning oldini olish, terrorizm, ijtimoiy sohadagi ichki ishlar organlari vazifasiga kiruvchi ishlar yuzasidan ma'lumotlar berildi. 

Foto: Kun.uz

Sessiyada mahalliy va xalqaro OAV xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olishdi.

Mavzuga oid