Bugun Özbekistonda tadbirkorlar uçun yaratilayotgan keng imtiyoz va qulayliklar özining samaralarini bermoqda, uşbu soha vakillarining mamlakat iqtisodiyotidagi uluşi yanada ortib bormoqda.

Biroq, bunday imkoniyatlardan samarali foydalanib, öz faoliyatini mavjud qonun talablari asosida olib boriş va rivojlantiriş örniga turli xil qonunbuzarlik yöllari bilan öz daromadini oşirişni niyat qilgan «ğirrom» tadbirkorlar ham afsuski uçrab turibdi.

Davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan barça tadbirkorlik sub'yektlariga Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 fevraldagi «Pul muomalasini yanada takomillaştiriş va bank plastik kartoçkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-2777-sonli qarorining mazmun-mohiyati va uşbu qarorga muvofiq joriy etilgan tartib-qoidalarni keng tuşuntiriş va sodir etilgan huquqbuzarliklar uçun közda tutilgan jazo çoralari yuzasidan tegişli ogohlantiriş hamda profilaktik tadbirlar ötkazib borilayotganiga qaramasdan, ayrim nopok tadbirkorlar tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga amal qilinmayotganligi fuqarolarning haqli e'tirozlariga sabab bölmoqda. 

Joriy yilning ötgan davri mobaynida davlat soliq xizmati organlarining «Işonç telefon»lariga 3758 ta murojaat kelib tuşgan.

Uşbu murojaatlarning aksariyatida savdo va xizmat körsatiş şoxobçalarida savdo qoidalarining buzilganligi hamda tölovlarni bank plastik kartoçkalari orqali amalga oşirişda hisob-kitob «Terminal» apparatlari işlatilmayotganligi, xarid çeki bermaslik holatlari qayd etilgan.

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiliş, huquqbuzarliklarga barham beriş maqsadida davlat soliq xizmati organlari tomonidan taşkil etilayotgan nazorat tadbirlari davomida «Işonç telefon»lariga kelib tuşayotgan murojaatlar öz tasdiğini topib, qoidabuzarliklarni sodir etgan xöjalik yurituvçi sub'yektlar va ularning mansabdor şaxslariga nisbatan tegişli çoralar körilmoqda.

Xususan, mazkur murojaatlar asosida 2017 yilning ötgan davri mobaynida birgina Toşkent viloyatidagi bozorlar va savdo komplekslarida jami 230 dan ortiq nazorat tadbirlari ötkazildi.

Uşbu tadbirlar natijasida 79 ta holatda nazorat-kassa maşinasidan foydalanmaslik, 75 ta holatda savdo va xizmat körsatişdan tuşgan naqd pul tuşumini bank kassalariga topşirmaslik, 33 ta holatda tölov terminallari örnatmaganlik va 2 ta holatda tölovlarni bank plastik kartoçkalari orqali amalga oşirişda tovar narxiga nisbatan ustama haq qöyiş singari qoidabuzilişlar aniqlangan.

Şuningdek, Davlat soliq qömitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qiliş boş boşqarmasining Buxoro viloyat bölimi xodimlari tomonidan viloyat markazidagi «Karvon» savdo kompleksi, «Markaziy» va «Töqimaçi» dehqon bozorlari hamda «Sitora» avtomobil bozorlarida fuqarolardan kelib tuşgan murojaatlar asosida 100 dan ortiq tadbirkorlik sub'yektlarida taşkil etilgan qisqa muddatli nazorat tadbirlarida nazorat kassa maşinasidan xarid çeki bermaslik, 40 dan ortiq holatda tölov terminali örnatmaslik, 100 ga yaqin holatda naqd pul tuşumlarini yaşiriş orqali ularni bankka topşirmaslik hamda tölovlarni tölov terminali orqali qabul qilişda qöşimça ustama qöyiş va tölovni plastik karta orqali qabul qilişdan boş tortiş singari qonunçilik talablari qöpol tarzda buzilgani aniqlangan.