Bugun, 2 may kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan telefon muloqoti ötkazadi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma'lum qilgan. Suhbat Vaşington vaqti bilan 12:30ga (Toşkent vaqti bilan 21:30) belgilangan.

Reyter agentligi ma'lumotiga köra, siyosatçilar Suriya masalasini muhokama etişi kutilmoqda.

"Ikki yetakçi, katta ehtimol bilan Suriyadagi uruşni muhokama qilişadi", — deya xabar bergan agentlik.

Bu Tramp qasamyod qabul qilib, vazifasiga kirişganidan buyon ikki siyosatçi örtasida ötkaziladigan uçinçi telefon muloqoti hisoblanadi. Birinçi muloqot yanvar oyidayoq ötkazilgandi, ikkinçisi aprelda, Tramp Peterburg terakti munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirganida röy bergandi.