Farzand dunyoga kelgaç, onaning vazifasi unga ğamxörlik qilişdir. Bola to boğça yoşiga yetgunça ayol boşqa iş qilişdan çeklanişi tabiiy. Bunday paytda oiladagi şaroitga qarab ona mahalla fuqarolar yiğinidan bola parvarişi uçun yordam puli olişi mumkinligi qonunçilikda belgilangan, deb yozmoqda ÖzA.
Lekin bu imtiyozdan foydalanişda ayollar ba'zan ayrim muammolarga duç kelmoqda. Tayloq tumanida yaşovçi fuqaro L.Oqilovadan mahalla fuqarolar yiğini faollaridan biri ikki yoşgaça bölgan farzandi uçun nafaqa puli berilayotgani evaziga har oyda yuz ming söm talab qilgan. Ayol bu vaziyatda ba'zi fuqarolarga öxşab poraxörga aytgan pulini qöşqöllab tutqazmay, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi “işonç telefoni”ga murojaat qilgan.
– Mazkur murojaatda körsatilgan holatlar batafsil örganilib, ayolning murojaati öz tasdiğini topdi, – dedi Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi matbuot xizmati boşliği Gulnoza Rahimova. – Tayloq tumanidagi “Eski Juma” mahalla fuqarolar yiğini kotibasi X.Xolmirzayevaga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.
Jinoyat kodeksining mazkur moddasida “Firibgarlik” jinoyati va unga beriladigan jazolar nazarda tutilgan. Jumladan, şu moddaning 1-qismida firibgarlik, ya'ni aldaş yoki işonçni suiiste'mol qiliş yöli bilan özganing mulkini yoki özganing mulkiga bölgan huquqni qölga kiritiş eng kam oylik iş haqining ellik baravaridan yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Qarşi şahrida yaşovçi fuqaro A.Yangiboyevadan ham mahalla fuqarolar yiğini xodimi farzandiga nafaqa puli tayinlaş evaziga pul talab qilib, ana şu holatni sodir etgan. Fuqaroning bu boradagi murojaati böyiça ötkazilgan tezkor tekşirişda mazkur yiğin kotibi S.Qorayeva firibgarlik yöli bilan A.Yangiboyevadan 600 ming söm pulni olgan vaqtida uşlanib, unga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.
Boş prokuraturada taşkil qilingan Murojaatlarni telefon orqali qabul qiliş markazining “işonç telefoni” barça turdagi murojaatlarni tunu kun qabul qilayotgani tufayli yuqoridagi kabi jinoyatlarga vaqtida çek qöyilmoqda.
Kelib tuşayotgan murojaatlarni boşqa davlat organlariga va taşkilotlarga elektron şaklda yuboriş tizimi joriy qilingan. Hozir tizimga 50 dan ziyod vazirlik, davlat qömitasi va taşkilotlar ulangan.
Markaz faoliyatini yanada takomillaştiriş, murojaatlarni qabul qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş, ularning belgilangan tartib va muddatlarda körib çiqilişi ustidan nazoratni kuçaytiriş maqsadida viloyat prokuraturalari, ularga tenglaştirilgan prokuraturalar, şuningdek, tuman va şahar prokuraturalarida murojaatlarni telefon orqali qabul qiluvçi operator ştatlari joriy etildi. Natijada prokuratura organlarida telefon orqali murojaatlarni qabul qiliş, ularning hal etilişi ustidan nazoratni amalga oşirişning yagona markazlaştirilgan tizimi yaratildi.
















