Hozirda deyarli barça vazirlik va markaziy taşkilotlarning rasmiy saytlari hamda u yerda aloqa yoki “Işonç telefoni” raqamlari bor. Bu – soha böyiça murojaat etiş, muammoni aytiş, yordam yoki maslahat oliş uçun joriy qilingan. Biroq bu raqamlar barça vazirlik yoki taşkilotda ham köngildagidek işlamayapti.
Kun.uz davlat organlari va taşkilotlarining aloqa yoki işonç telefon raqamlariga qönğiroq qilib, kiçik tajriba ötkazib kördi.
Dastlab Boş prokuratura işonç telefoniga murojaat qildik. Mahkamaning murojaatlarni qabul qiliş markazi aloqa raqamiga “beton tösiq” qöyilganga öxşadi: qönğiroq birinçi çaqiruvdayoq şu tösiqqa urilib, uzilib ketadi. Bir neça bor qilingan harakatlar ham samarasiz, na boğlanib, na ma’lumot olib böladi.
Boş prokuratura matbuot xizmatining aniqlik kiritişiça, murojaat markazida 11 nafar operator doimiy ravişda qönğiroqlarni qabul biladi. Lekin aloqa tizimi texnik jihatdan şunday işlaydiki, navbatda turgan qönğiroqlar soni 25 tadan oşsa, 26-bölib navbatga turişi kerak bölgan murojaatçi va undan keyin qönğiroq qilganlar bilan aloqa avtomatik ravişda uzilib qoladi.
Eksperiment davomida Adliya vazirligining “Işonç telefoni”ga takror va takror qilgan qönğiroqlarimizga “apparat öçirilgan yoki xizmat körsatiş doirasidan taşqarida” degan javobni olgan bölsak, IIV, MIB, Soliq qömitasi, Oliy va örta-maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligida operator bilan boğlaniş uçun uzoqroq navbat kutişga töğri keldi. Eksperimentda faqatgina Soğliqni saqlaş vazirligi va Oliy sud “Işonç telefoni”ga boğlaniş oson keçdi.
Kiçik tajribamizdan ma’lum böldiki, aksariyat holatlarda davlat organlari va taşkilotlarining “Işonç telefoni”ga qönğiroq qilib, boğlaniş uçun fuqarolarda katta sabr va asab bölişi kerak ekan. Yöqsa muammoni aytiş muammosiga duç kelganidan dod deb yuborişi aniq.
Şokir Şaripov,
Dilşoda Şomirzayeva,
Ziyaddin Mamatjonov
















