Ilmiy kuzatiş va tadqiqotlar inson öz umri davomida oladigan barça ma'lumotning 70 foizini 5 yoşgaça bölgan davrda faol qabul qilişini, bolaning ongi, asosan, 5 — 7 yoşda şakllanişini körsatgan. Bu esa jamiyatga kirib kelayotgan şaxsning ma'naviy-ruhiy olami, dunyoqaraşi, bilimu salohiyati uning maktab yoşigaça bölgan yillarda olgan ta'lim-tarbiyasiga uzviy boğliqligidan dalolat beradi.
Şundan kelib çiqib, aytiş mumkinki, bola kamolotining ilk kurtaklari nafaqat oilada, balki maktabgaça ta'lim muassasalarida namoyon böladi. Uşbu muassasalarda tarbiyaviy işlar sifati hamda samaradorligi, ularda yaratilgan zamonaviy imkoniyat va soğlom muhit murğak farzandlarimiz taqdirida ğoyat muhim örin egallaydi.
Mamlakatimizda bolalar huquq hamda manfaatlarini ta'minlaş, ularga har taraflama ğamxörlik körsatiş yoşlarga oid davlat siyosatining ustuvor yönalişi qilib belgilangani, bu borada uzoqni közlagan kompleks çora-tadbirlar hayotga tatbiq qilinayotgani, ayniqsa, maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyati yangi bosqiçga olib çiqilayotgani diqqatga sazovor. Prezidentimizning 2016 yil 29 dekabrda qabul qilingan “2017 — 2021 yillarda maktabgaça ta'lim tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bu borada dasturilamal bölmoqda.
Sohada yangi sahifa oçgan mazkur qaror doirasida amaliyotga yönaltirilgan aniq manzilli Dastur jajji öğil-qizlarimizning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanişi uçun barça şart-şaroit hamda omillarni safarbar etişni nazarda tutadi.
Hayot va mamot, najot va saodat masalasi
Dono xalqimiz ta'lim-tarbiyani uyğunlikda olib borişni afzal biladi. “Bir bolaga yetti qöşni ota-ona”, deyilişi ham bejiz emas. Farzand tarbiyasida oila hamda jamiyatni birdek mas'ul hisoblaydi. Uluğ allomalarimiz bu mavzuga bot-bot e'tibor qaratgani, Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uçun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir”, deya ta'kidlaganida ham katta ma'no mujassam.
Darhaqiqat, ta'lim-tarbiya taraqqiyoti mamlakat ravnaqi va taqdiriga daxldor masaladir. Şu ma'noda, maktabgaça yoşdagi bolalarni tarbiyalaş jarayoniga eng samarador pedagogik texnologiyalarni joriy qiliş, buning uçun barça taşkiliy-texnik şaroitni yaratiş yurt kelajagini öz zimmasiga olişga qodir avlodni voyaga yetkazişda ta'sirçan kuçga ega. Davlatimiz rahbarining qarori bilan tasdiqlangan Maktabgaça ta'lim tizimini yanada takomillaştiriş böyiça 2017 — 2021 yillarga möljallangan dasturda ana şu talablarga mos ravişda keng kölamli vazifalar öz ifodasini topgan.
Dasturga muvofiq, 2 ming 200 ta maktabgaça ta'lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, ayniqsa, qişloq joylarda bunday muassasalarni yangidan quriş, ularni zamonaviy inventar, jihoz, öquv-metodik qöllanmalar hamda multimedia vositalari bilan ta'minlaş çora-tadbirlari bolalarning munosib şaroitda kamolga yetişi, iqtidoru qobiliyatini namoyon etişi uçun zamin yaratadi.












