AQŞning Massaçusets texnologik institutida MIT Media Lab laboratoriyasining Mediated Matter guruhi olimlari uylar qura oladigan Digital Construction Platform (DCP) robotlaştirilgan tizimini yaratdilar. Bu haqda The Verge portali xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, DCP mohiyatan, gusenitsali asosdagi manipulyator-qölli ulkan riçagdir. Manipulyatorni turli asboblar, jumladan montaj köpigi uçun töpponça, payvandlaş qurilmasi, eritilgan plastmassani siqib çiqaruvçi "termoplastik ekstruder", şprits-töpponça va hattoki oddiy çelak bilan ham jihozlaş mumkin.
Uy quriş texnologiyasi 3D-bosmaga öxşaş bölib, bu holatda nasadkali manipulyatordan foydalaniladi. Buning evaziga esa turli ölçamdagi uylarni quriş mumkin. Turli nasadkalardan foydalanib, binoni quriş uçun material sifatida şişa, muz, şağalni qöllaş mumkin.
3,7 tonnalik qurilmani yaratiş uçun 250 ming dollar sarflandi. Robotning original şassisi dizel dvigatel bilan ta'minlangan, biroq olimlar qurilmani özini ta'minlay oladigan qiliş uçun quyoş batareyalari va elektroprivodni quvvat bilan ta'minlovçi akkumulyator bloklari bilan jihozlaşdi.
Qurilmaning işlaşini isbotlaş maqsadida olimlar bazaviy strukturani (beton quyiladigan şakl) quriş prototipidan foydalanişdi. Bu prototip diametri 15,2 metr va balandligi 3,7 metrga teng gumbaz şaklidagi devordan iborat. Bu prototipni barpo etiş uçun robotga 14 soat talab qilindi.
Olimlarning aytişiça, robot yordamida uylarni arzonroq va tezroq quriş mumkin. Bunda binoning içki tuzilişi istalgan vaqtda özgartirilişi, quriş jarayonida qöllanilayotgan materiallar, ularning ziçligini, izolyatsiyani va boşqa xususiyatlarni özgartiriş mumkin.












