Şotlandiyaning MacRebur startapi maxsus asfalt qorişmasini işlab çiqdi, unda qayta işlangan plastikdan foydalanildi. Yangi qoplamali ilk yöl Buyuk Britaniya şimoli-ğarbida joylaşgan Kambriya grafligida paydo böldi, deb xabar bermoqda BBC.
Işlab çiqaruvçilar qorişmaning aniq tarkibiga oydinlik kiritişmadi, biroq qayta işlangan plastik bitum – neftni qayta işlaş paydo böluvçi va qoplamani qotişiga yordam beruvçi mahsulotni almaştirgan. MacRebur’da bitumning örniga maxsus mayda qumoqlardan foydalanişdi, ular plastik çiqindilardan tayyorlangan.
Kompaniyadan ma'lum qilişlariça, “plastik” yöllar an'anaviy asfalt qoplamadan 60 foizga çidamliroq va 10 barobar köproq muddat davomida xizmat qiladi.












