3 may kuniga ötar keçasi mahalliy vaqt bilan soat 00:01da Buyuk Britaniya parlamenti muddatdan avvalgi saylovlar arafasida öz işini töxtatdi. Qonunçilikka köra, parlament saylovlarga 25 iş kuni qolganda tarqatib yuborilişi kerak. Saylovlar ötkazilişi 8 iyunga belgilangan. Bu haqda Sky News naşri xabar bermoqda. 

Ta'kidlanişiça, parlament a'zolari parlament tarqatilgandan keyin oddiy fuqarolarga aylanadilar.   

3 may kuni mamlakat boş vaziri Tereza Mey parlament tarqatilgani haqida qiroliça  Yelizaveta II’ga xabar beradi va saylovlar jarayoni boşlanganini e'lon qiladi. 

Aynan Mey 8 iyunda saylovlar ötkazişni taklif qilgan. Parlament bu taklifni qöllab-quvvatlagan. Mey parlament tarqatilişini Brexit’dan keyin Britaniyaga barqarorlik va aniqlik kerakligi bilan tuşuntirgan.

Ma'lum qilinişiça, 2011 yildan boşlab boş vazir parlamentni qiroliça roziligisiz ham tarqatiş huquqiga ega, şuning uçun Meyning Bukingem saroyiga bu masala böyiça taşrifi şunçaki rasmiyatçilikdan iborat böladi.  

Parlamentga saylovlar rejalaştirilgan muddatdan 3 yil avval bölib ötadi.