Fuqaro R.Normatov (ism-familiyalar özgartirilgan) muqaddam jinoyat sodir etganligi uçun bir neça marotaba sudlangan bölsa-da, bundan öziga tegişli xulosa çiqarmagan ekan, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
U mömay daromad topiş ilinjida yana jinoyatga qöl urdi. Jinoiy şeriklari esa farzandlari – Husan va Botir Sanginovlar edi.
Denov şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda R.Normatov farzandlari bilan ötgan yilning mart oyida qonunga xilof ravişda AQŞ dollari sotib olayotgan vaqtda qölga olindi. Ulardan 4511 AQŞ dollari, 8600 Rossiya rubli, Xitoy yuani va 13 mln. 992 ming söm pul aşyoviy dalil tariqasida hujjatlaştirib olindi.
Sud hukmiga köra ota-bolalarga jazo muqarrarligini ta'minlandi.











