Apple iPhone sotuvlari hajmi tuşgani haqida xabar berdi. Biroq kompaniyaning umumiy daromadi oşib bormoqda. Bu haqda 2017 moliyaviy yilining ikkinçi çoragi uçun taqdim etilgan hisobotda aytiladi.

2017 yilning ilk uç oyi davomida taxminan 50,8 millionta smartfon sotildi, umumiy daromad 52,9 mlrd. dollarni, sof foyda esa – 11 milliardni taşkil qildi. 2016 yilning ikkinçi çoragi bilan taqqoslaganda smartfonlar savdosi tuşib ketgan.

Xabar qilinişiça, tahlilçilar kompaniyaga ança ijobiy natijalarni başorat qilişgandi, masalan, ikkinçi çorakda kamida 52 millionta iPhone sotilişi taxmin qilingan.

iPhone savdolari hajmi 1 foizga tuşib ketganiga qaramay, kompaniyaning umumiy daromadi boşqa mahsulotlar hisobiga ortgan. Masalan, Apple TV, Apple Watch va Beats’dan umumiy daromad 31 foizga ösdi hamda 2,8 milliard dollarni taşkil etgan bölsa, kompaniya servislaridan daromad 18 foizga ortib, 7 milliardni teng böldi.

Apple rahbari Tim Kuk iPhone savdolari tuşib ketganini yangi telefonlar haqida köplab miş-mişlar paydo bölgani bilan boğladi. Uning fikriça, yangi smartfonlar haqidagi ma'lumot hozirgi modellarga qiziqişni pasaytirmoqda.