Microsoft özining yangi noutbuki The Surface Laptop’ni taqdim etdi. U Apple kompaniyasining MacBook’iga jiddiy raqobatçi bölişi mumkin. Bu haqda Mashable xabar berdi.

The Surface Laptop öquvçilar va talabalar uçun maxsus yaratildi, biroq köplab vazifalarni bajarişi mumkin bölgan yaxşi kompyuterdir. U dunyodagi eng ingiçka noutbuk bölmasa ham, 1,25 kg. keluvçi oğirligi tufayli uni sumkada olib yuriş bilan boğliq muammolar yuzaga kelmaydi hamda bunda yelkalarga katta bosim tuşmaydi.

Foto: Mashable

Yangi noutbukda Windows 10 S dasturiy ta'minoti örnatilgan. Displey hajmi 13,5 dyuymni taşkil etgan bölsa, kengligi - 2256 x 1504’ga teng.

Foto: Mashable

Rasman The Surface Laptop 2017 yilning 15 iyunidan sotila boşlanadi. Boşlanğiç funksiyalarga ega bunday kompyuter 999 AQŞ dollari turadi.