Facebook ijtimoiy tarmoğidagi foydalanuvçilar guruhida “Çöqintirgan ota” (“Kryostnyy otets”) badiiy filmidan lavha işlatgan holda “Multi Mafe” restorani reklama qilingan, deb xabar bermoqda Davlat raqobat qömitasi.

Reklamada “Vito Korleonening özi “Multi Mafe” restoranini tavsiya etadi”, degan sözlardan foydalanilgan va uşbu filmning boş qahramoni Marlo Brandoning surati joylaştirilgan.

Özbekiston Respublikasining “Reklama töğrisida”gi Qonuniga muvofiq, agar mualliflik huquqi va turdoş huquqlar töğrisidagi qonun hujjatlarida boşqaça qoida nazarda tutilgan bölmasa, boşqa mahsulot reklamasida qöllaniladigan umumiy yeçim, matn, tasvir, musiqali yoki ovozli ohanglarni aynan takrorlaş (taqlid yoki öxşatma qiliş), jismoniy şaxsning nomi yoki tasviridan uning roziligisiz foydalaniş taqiqlanadi.

Ta'kidlaş joizki, mualliflik huquqi va turdoş huquqlarni buzilişi – bu huquq egasi yoki jamoat asosida mulkiy huquqni boşqaruvçi taşkilot bilan şartnoma tuzmasdan tasvirdan foydalaniş, ohangni aynan takrorlaşdir.

Yuqorida qayd etilganlardan kelib çiqqan holda, Davlat raqobat qömitasi “Multi Mafe” restorani rahbariyatiga yöl qöyilgan qonunbuziliş holati töğrisida xat yubordi.

Davlat raqobat qömitasi xati olingan vaqtdan e'tiboron “Çöqintirgan ota” badiiy filmidan olingan lavha işlatilgan reklama ijtimoiy tarmoqdan olib qöyildi.