Rossiya va AQŞ prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp örtasida telefon orqali muloqot bölib ötdi. Bu haqda Kremlda ma'lum qilindi. 

Muloqot davomida ikki yetakçi Rossiya va AQŞning Suriyada terrorçilikka qarşi harakatlarini muvofiqlaştiriş istiqbollarini hamda Koreya yarimorolidagi vaziyatni batafsil muhokama qilişdi. 

Ta'kidlanişiça, Putin amerikalik hamkasbini bu masalada bosiqlik va keskinlik darajasini kamaytirişga çaqirgan. Yetakçilar "muammoni diplomatik yöl bilan hal qilişga qaratilgan birgalikdagi işni yölga qöyişga" kelişib olganlar.

Putin va Tramp telefon orqali muloqot qilib turişga va Gamburgda iyulda ötadigan G20 sammiti doirasida yuzma-yuz uçraşişga, Suriya muammosini hal qiliş variantlarini izlaş böyiça taşqi işlar boşqarmalari yetakçilari örtasida muloqotni faollaştirişga kelişib olganlar. 

Kremlning ma'lum qilişiça, ikki yetakçi örtasidagi suhbat "amaliy ruhda va sermazmun" ötgan.

Bu muloqot Tramp AQŞ prezidenti lavozimini bajarişga kirişgandan keyin Putin bilan uçinçi muloqot böldi.