Belfast sohil muhofazasi xodimlari oqim dengiz içkarisiga olib ketgan syorferni 32 soatdan söng qutqarib qoldi, deb xabar beradi NPR radiosi.

22 yoşli Mettyu Bryus Şotlandiya sohillaridan 20 kilometr naridagi dengizdan topilgan.

Topilgan vaqtida syorfer huşida bölgan, hududni vertolyotda aylanib yurgan qutqaruvçilarga işora qila olgan. Bir sutkadan ortiqroq vaqt içida Bryusning suv ötkazmaydigan kostyumi uni sovuq dengiz suvida tirik qolişiga imkon bergan. Ayni paytda şotlandiyalik kasalxonada davolanmoqda.

“Meni davolayotganlardan juda minnatdorman. Men haqimda qayğurib, meni qutqarganlarning barçasiga taşakkur bildiraman. Ularning barçasi — qahramonlar”, — degan Bryus.