Toşkent şahrining Xalqlar döstligi (sobiq Bobur nomidagi) boğida temirçi Şomahmudovlar oilasiga bağişlangan haykalni örnatiş böyiça işlar olib borilmoqda. U boğning eng oxirida, “Dunyo qönğiroği”dan çapda joylaşadi. Bu haqda Nuz.uz xabar berdi.

Uşbu bosqiçda quruvçilar haykal asosi uçun poydevorni tayyorlaşmoqda. Aytilişiça, haykalga tört tomondan – trotuar yölaklari yoki zinalar orqali boriş mumkin böladi. Eng keng, markaziy zina uzunligi beş metrga teng böladi.

Monument keçki vaqtlarda tört tomondan ham yoritib turiladi. Şuningdek, gullar qöyişga möljallangan asos ham örnatilişi rejalaştirilgan.

Foto:  Nuz.uz

Haykal şakllari “Istiqlol” saroyi yonidagi maydondagi ilk variant bilan öxşaş böladi.

Foto:  Nuz.uz
Foto:  Nuz.uz

Xabarga köra, obekt joriy yilning 7 may kuni topşiriladi. Respublika Baynalmilal madaniyat markazi ma'lumotiga köra, aynan öşa kuni haykalning oçiliş marosimi ham bölib ötadi.

Avvalroq Ikkinçi Jahon uruşi yillarida turli millatlarga mansub bölgan 15 nafar bolani öz qanotiga olgan Şoahmat va Bahri Şomahmudovlar oilasi haykali poytaxtga qaytarilişi haqida xabar bergandik.