AQŞ prezidenti Donald Tramp Demokratik partiya a'zolaridan boğliq bölmaslik uçun senatda ovoz beriş qoidalarini özgartiriş zarur deb hisoblamoqda.        

"Demokratlar va respublikaçilar bilan muhokama qilinayotgan rejaning sababi şundaki, bizga senatda 60 ovoz kerak, bizda esa şunça vakil yöq. Yoki biz 2018 yilda köproq respublikaçi senatorlarni saylaymiz, yoki qoidalarni 51 foizgaça özgartiramiz", deb yozdi Tramp tvitterda. Tramp senatda qaror qabul qilinişi jarayonini oddiy köpçilik tomondan qabul qiliniş bilan özgartirişni nazarda tutgan.       

Ayni vaqtda respublikaçilar senatda 52 ta öringa, demokratlar esa 46 ta öringa ega. Ikki nafar senator rasman mustaqil hisoblanadi, biroq köp hollarda demokratlar takliflari uçun ovoz berişadi. 

Trampga senatning qöllab-quvvatlaşi bir qator muhim masalalar, jumladan 2018 moliyaviy yil uçun byudjyetni qabul qilişda kerak. AQŞ ma'muriyati 2017 moliyaviy yil uçun byudjyetga özgartirişlarni qabul qilişda demokratlarga ba'zi masalalar böyiça yon bosişiga töğri keldi, bu esa Trampning noroziligiga sabab bölgan. 

2018 yilda AQŞda vakillar palatasi va senatga saylovlar bölib ötadi. Ularning tarkibi uçdan bir qismiga yangilanadi.