Twitter ijtimoiy tarmoği Eron oliy rahnamosi, oyatullo Ali Xamenaiyning arab tilidagi sahifasini muzlatib qöydi. Unda yangiliklar arab tilida e'lon qilinar edi, deb xabar qilmoqda Mehr agentligi.
Ayni vaqtda Twitter uşbu qarori sababini ma'lum qilmagan. Şu bilan birga, oyatulloning yangi sahifasi iş boşlagan.
Agentlikka köra, avvalroq, Eron oliy ruhoniysining arab tilida yuritiladigan sahifasiga bir neça marotaba xakerlik hujumlari uyuştirilgan.
Ali Xamenaiyning, şuningdek, ingliz, fransuz, ispan tillarida faoliyat yurituvçi Twitter sahifalari mavjud.












