Eronning Guliston viloyatidagi kömir şaxtasida metan gazining portlaşi oqibatida halok bölganlar soni 35 nafarga yetdi. Bu haqda mahalliy OAVlarga iqtibos keltirgan holda "Frans Press" axborot agentligi xabar berdi.
Avvalroq 21 kişi halok bölgani ma'lum qilingandi.
Ozodşahr yaqinidagi kömir şaxtasida portlaş 3 may kunduzi yuz berdi. Fars axborot agentligining ma'lum qilişiça, portlaş vaqtida şaxtada 500 kişi bölgan. Portlaş işçilar smena almaşayotganda sodir bölgan. Avvalroq Eron tez tibbiy yordami boşliği Pir Husayn Qulivand vayronalar ostida kamida 90 kişi borligini ma'lum qilgandi.
Eron mehnat vaziri Ali Robiyning Tasnim axborot agentligiga ma'lum qilişiça, portlaş oqibatida 35 konçi halok bölgan. Mahalliy OAV ma'lumotlariga köra 30 dan köproq odam jarohat olgan va şifoxonalarga yetkazilgan. Avvalroq 69 kişi jarohatlangani ma'lum qilingandi.












