Eronning Guliston viloyatidagi kömir şaxtasida yuz bergan portlaş oqibatida kamida 21 kişi halok böldi. Bu haqda Tasnim axborot agentligiga viloyat ma'muriyati vakili Ramazon Bahromiy ma'lum qildi.
"Bir neça daqiqa oldin şaxtadan halok bölganlar jasadlari çiqarib olindi. Taşqariga 21 jasad olib çiqildi", deb aytdi Bahromiy va ayni vaqtda sönggi ma'lumotlar şunday ekanligini qöşimça qildi.
Portlaş 3 may kunduzi viloyatning şimolidagi Ozodşahr yaqinidagi "Zamastoniy Yurt" şaxtasida yuz bergan. 1,8 ming metr çuqurlikda 40 nafardan 50 nafargaça konçi qolib ketgan. Voqea joyida Islom inqilobi qöriqçilari korpusi bölinmalari va vayronalar ostida odamlarni izlaşga örgatilgan itlarga ega kinologlar iştirokida qutqaruv operatsiyasi ötkazilmoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, portlaşga metan gazi miqdorining mumkin bölgan me'yordan ortib ketganligi sabab bölgan. Sirtda bölgan 29 kişi turli jarohatlar olganlar. Ular Ozodşahrdagi şifoxonalarga yetkazilganlar. Avvalroq Reuters axborot agentligi 69 kişi jarohat olganini ma'lum qilgan.












