25 may kuni Bryusselda ötkaziladigan NATO sammitida uning bölğusi a'zosi Çernogoriya ham iştirok etadi. Bu haqda NATOning boş kotibi Yyens Stoltenberg Yevroparlamentda ma'lum qildi.
"Aslida sammitda 28 ta emas, 29 ta a'zo böladi, çunki Çernogoriya hozir NATOga kiriş jarayonida turibdi", deb aytdi Stoltenberg.
Çernogoriya va NATOga kiruvçi davlatlar ma'qullovidan keyin Çernogoriya NATOning 29-a'zosiga aylanadi. Çernogoriyaning NATOga kirişi bayonnomasini ayni vaqtda alyansga a'zo 28 ta davlatdan 24 tasi ratifikatsiya qilgan.
NATOning maydagi sammitida AQŞ va Fransiyaning yangi prezidentlari ham iştirok etişadi.
"Qisqa, biroq juda muhim uçraşuv böladi, çunki bu AQŞning yangi prezidenti bilan Yevropadagi, NATOdagi hamda Fransiya prezidenti bilan ilk uçraşuv böladi. Sammit transatlantik birdamlik haqida kuçli işora berişiga işonçim komil", deb aytdi Stoltenberg.
Stoltenbergning aytişiça, sammitda terrorçilikka qarşi kuraş va NATOga a'zo davlatlarning mudofaaga ajratadigan mablağlari masalalari köriladi.












