"Barselona" va Argentina terma jamoasi hujumçisi Lionel Messining diskvalifikatsiyasi bekor qilindi. Bu haqda Tribuna.uz sayti xabar tarqatdi.

Manbaga köra, tartib intizom qömitasi Argentina futbol federatsiyasi bergan apellyatsiyadan keyin vaziyatni örganib çiqqan va yetarliça faktlar bölmagani sabab, Messining diskvalifikatsiyasi bekor qilingan.

Eslatib ötamiz, Lionel Messi JÇ-2018 saralaş bosqiçi doirasidagi Çili terma jamoasiga qarşi uçraşuvda qanot hakamini haqorat qilgani uçun törtta uçraşuvga diskvalifikatsiya qilingandi. Messining özi bu ayblovlarni rad etgan va öziga-özi sökinganini aytgandi.

Ma'lumot uçun Lionel Messi diskvalifikatsiya sabab Boliviyaga qarşi uçraşuvni ötkazib yuborgandi.