Çeçeniston poytaxti Grozniyning "Terek" klubi nomi "Ahmat" deb özgartirilişi mumkin. Bu haqda klubning boş direktori Axmed Aydamirov ma'lum qildi.

"Yaqin orada barçasini bilib olasiz. Klub direktorlar kengaşi böladi. Klub nomining "Ahmat" deb özgartirilişi böyiça muxlislar murojaati bor", deb aytgan Aydamirov.

Klub nomining Çeçenistonning birinçi rahbari Ahmat Qodirov şarafiga özgartirilişi mumkinligi haqidagi ma'lumot ilk bor 2017 yil fevralida paydo bölgan. Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirovning aytişiça, bu taklifni muxlislar bildirgan. Uning ta'kidlaşiça, respublikaning birinçi prezidenti Ahmat-Hoji Qodirov klubning qayta tiklanişida katta rol öynagan. Klub hozirgi "Terek" nomini 1958 yilda olgan. Bungaça klub "Dinamo" (1946-1948) va "Neftyanik" (1948-1958) deb nomlangan. 

Ayni vaqtda Grozniy klubi Rossiya çempionatining 26-turidan keyin 39 oçko bilan 6-örinni egallamoqda. "Terek" keyingi öyinini 7 may kuni "Zenit"ga qarşi mehmonda ötkazadi.